22 Sentyabr 2021 yil 473

Margʻilon shahrida soxta 100 AQSH dollari bilan kiyim-kechaklar xarid qilgan shaxs aniqlandi

Margʻilon shahri. 18-sentabr kuni A.A IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning avgust oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, qalbaki 100 AQSH dollarini berib, evaziga 405.000 soʻmlik kiyim-kechaklar sotib olib, qaytimiga 650.000 soʻm pullarni olib, aldov yoʻli bilan kiyim-kechak va 650.000 soʻm pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech