Margʻilon shahrida savdo doʻkondan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Margʻilon shahri. 21-iyul kuni fuqaro T.D IIBga murojaat qilib, unda 20-iyul kunidan 21-iyul kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Turkiston koʻchasida joylashgan savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, doʻkon kassa stolidan 1.200.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni F.F sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati