24 Noyabr 2021 yil 501

Margʻilon shahrida savdo doʻkondan isitish moslamalarini sotib olib pullarini bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Margʻilon shahri. 17-noyabr kuni fuqaro M.B IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning oktyabr oyida nomaʼlum shaxs Qirguli MFY hududida ishonchiga kirib, savdo doʻkonida sotmoqchi boʻlgan isitish moslamalarini 4.080.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pullarini bir hafta muddat ichida berishni aytib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan isitish moslamalarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni P.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech