Margʻilon shahrida qimorxona tashkil etgan shaxs qoʻlga olindi
Margʻilon shahri.15-fevral kuni shahar IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Navbaxor MFY hududida yashovchi I.T yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonida tanishlariga tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinini oʻynashlari uchun sharoit yaratib, qimorxona tashkil etganligi aniqlangan va ulardan 2.504.000 soʻm, 100 AQSH dollari, 400 rubl pullar va oʻyin kartalari daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan I.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati