Margʻilon shahrida qarovsiz qolgan “Labo” rusumli avtomashina salonidan 4.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi.
3-fevral kuni M.Gʻ ismli fuqaro IIBga murojaat qilib, unga koʻra, 31-yanvar kuni noma’lum shaxs Margʻilon shahar oziq-ovqat bozorida qarovsiz qolgan “Labo” rusumli avtomashinasi salonidan 4 000 000 soʻm pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib xodisa joyidan yashiringanlini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida ushbu jinoyatni Margʻilon shaharda yashovchi U.Q sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati