15 Dekabr 2022 yil 391

Margʻilon shahrida pul va telefon apparatlarini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Margʻilon shahar. Qashqar mahalla hududida yashovchiF.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning sentabr oyida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida boʻlgan 2 dona telefon apparatini hamda 100 AQSH dollari va 400.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.N sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech