4 Aprel 2023 yil
434
Margʼilon shahrida plastik kartadan pul yechib olgan shaxs qoʼlga tushdi
Margʼilon shahar.Fuqaro X.А IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 03 fevralь kuni nomaʼlum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompьyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, plastik karta hisobida boʼlgan 1.425.000 soʼm pullarini yashirin ravishda oʼgʼirlab, yechib olganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʼilon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni J.А sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati