9 Noyabr 2022 yil 389

Margʻilon shahrida plastik kartadan aldov yoʻli bilan pul yechib olgan shaxs aniqlandi

Margʻilon shahar.Fuqaro Yu.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil sentabr oyida noma’lum shaxs telegramm ijtimoiy tarmogʻi orqali sotmoqchi boʻlgan kiyim-kechaklarni sotib olishini pulini plastik kartasiga oʻtkazib berishini aytib, unga tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasining xos raqami va kalitini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan jami 425.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.R sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech