1 Mart 2022 yil 363

Margʻilon shahrida “NEXIA-3” avtomashinasini sotib olib pullarini bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Margʻilon shahri. 2021-yilning 02-noyabr kuni fuqaro A.A IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 10-iyun kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “NEXIA-3” rusumli avtomashinasini 10.500 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, oldindan 300 AQSH dollarini berib, qolgan 10.200 AQSH dollarini olti oy muddat ichida berishini aytib, avtomashinani olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.Ya sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech