30 Iyun 2023 yil 515

Margʻilon shahrida “Matiz” avtomashina salonidan 250 AQSH dollarlik telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Margʻilon shahar. Rohat mahalla hududida yashovchi T.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 17-iyun kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan “Матиз” rusumli avtomashinasi eshik oynalari ochiq holda turganidan foydalanib, salonida boʻlgan 250 AQSH dollarilik “Самсунг Галахй С-10.5Г” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.X sodir sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech