Margʻilon shahrida marixuana giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Margʻilon shahar.2023-yil 19-aprel kuni Margʻilon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan Doʻstlik mahalla hududida tadbir olib borilayotgan vaqtda ushbu koʻchadan ketayotgan I.R toʻxtatilib xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda chap qoʻli kaftida yumaloq shakldagi “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati