3 Mart 2022 yil 434

Margʻilon shahrida Koreyaga ishga joʻnatishni va’da qilib fuqaroning 2.500 AQSH dollarini aldab qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Margʻilon shahri.2021-yilning 15-dekabr kuni S.F IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning sentabr oyida noma’lum shaxs 2.500 AQSH dollari evaziga ukasi S.B.ni Koreya Respublikasiga joʻnatishligi aytib, pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarini ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech