Margʻilon shahrida kissavur qoʻlga tushdi
Margʻilon shahar. U.F IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 16-oktabr kuni soat noma’lum shaxs buyum bozoriga xarid uchun kelgan vaqtida choʻntagida boʻlgan 1.700.000 soʻmlik “Samsung Galaxy A30” rusumli telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati