Marg'ilon shahrida kelishilgan yumshoq mebel pullarini bermagan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Marg'ilon shahar. 2022 yilning oktyabr oyida yu.A I.S.ni ishonchiga kirib, 6.500.000 so'mlik yumshoq mebelga buyurtma berib, mebellarni yuborgan haydovchidan ushbu buyurtmaning 3.000.000 so'm miqdordagi pullarini berib, qolgan pullarni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati