6 Sentyabr 2022 yil 375

Margʻilon shahrida katmondan pul oʻgʻirlagan ayol qoʻlga tushdi

Margʻilon shahar.T.K ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 27-iyul kuni noma’lum shaxs Oʻrdatagi mahalla hududida joylashgan savdo doʻkonining kirish eshigi oldidagi stol ustida qarovsiz qoldirgan ayollar katmonidan 400.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni M.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech