28 Dekabr 2021 yil 482

Margʻilon shahrida internet ijtimoiy tarmogʻi orqali pullariga aldangan ayol IIBga murojaat qildi

 

Margʻilon shahri. 23-dekabr kuni Gʻ.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 08-dekabr kuni noma’lum ayol “Telegram” ijtimoiy tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, qishki kiyimlar sotishini aytib, 2.000.000 soʻm pullarini oʻzining nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartaga oʻtkazib olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.Z ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech