Margʻilon shahrida ichki ishlar organi xodimining qonuniy talabiga boʻysunmay, faol qarshilik koʻrsatgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi
Joriy yilning 4-avgust kuni Margʻilon shahar IIB profilaktika inspektori, leytenant M.B muqaddam tovlamachilik jinoyatini sodir etib, ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan fuqaro Q.D.ning jazoni oʻtash talablariga rioya qilish ahvolini oʻrganish maqsadida uning yashash xonadoniga borganida Q.D xonadonida yoʻqligi aniqlangan.
Shundan soʻng leytenant M.B unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirayotgan vaqtda Q.D xonadoniga yetib kelib, leytenant M.B.ning qonuniy faoliyatiga faol qarshilik koʻrsatib, bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan, unga tashlanib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar prokuraturasi tomonidan Q.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, yakuniga koʻra toʻplangan xujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Margʻilon shahar sudiga taqdim qilingan. Sudning 29.09.2022-yildagi hukmiga koʻra, Q.D. 3-yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati