9 Oktyabr 2021 yil 360

Margʻilon shahrida goʻsht mahsulotlarini sotib olib pullarini toʻlamagan shaxs javobgarlikka tortildi

Margʻilon shahri. 05-oktabr S.I IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning iyun oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan goʻsht mahsulotlarini 33.100.000 soʻmga sotib olishga kelishib, goʻsht mahsulotlarini olib ketib, pullarini bir oy muddatda berishni aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan goʻsht mahsulotlarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.D. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech