Margʻilon shahrida gilam sotib olmoqchi boʻlgan ayol pullariga aldandi
Margʻilon shahri.Fuqaro R.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning avgust oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 2.500.000 soʻm va 500 AQSH dollari evaziga gilam olib berishini aytib, pullarni olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati