Margʻilon shahrida “gashish” giyohvandlik moddasini pullagan ayol qoʻlga tushdi
Margʻilon shahar. 2023 yil 28 fevral kuni Fargʻona viloyati IIB TQX JQB va Margʻilon shahar IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Doʻstlik mahalla hududida yashovchi Q.Sh ismli ayol yashash xonadonida 5.000.000 soʻm evaziga 30,46 gramm gashish giyohvandlik vositasini sotgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati