19 Dekabr 2022 yil 403

Margʻilon shahrida “gashish” giyohvandlik moddasi sotgan shaxs qoʻlga tushdi

Margʻilon shahar. 15-dekabr kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Zuxro mahalla hududida yashovchi R.Q 21.000.000 soʻm evaziga koʻp miqdorda boʻlgan ya’ni 141 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini sotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech