Margʻilon shahrida “gashish” giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs aniqlandi
Margʻilon shahri. 15-sentabr kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Baxtiyorlik koʻchasida piyoda ketayotgan A.O toʻxtatilib yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, egnidagi shimining chap choʻntagida “gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, dalildiy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati