16 Mart 2023 yil 361

Marg'ilon shahrida “gashish” giyohvandlik moddasini yonida saqlagan shaxs aniqlandi

Marg'ilon shahar. 10 mart kuni shahar IIB JQB va MvaFRB xodimlari bilan hamkorlikda Do'stlik mahalla hududida xizmat olib borishayotgan vaqtlarida ushbu ko'chadan ketayotgan Q.I.ning harakatlaridan shubhalanishib, uning yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, u egnidagi kurtkasi o'ng cho'ntagida gashish giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech