3 Aprel 2023 yil 471

Margʼilon shahrida gashish giyohvandlik moddasini sotgan shaxs ushlandi

Margʼilon shahar. 29 mart kuni Fargʼona viloyati IIB TQX JQB, Margʼilon shahar IIB TQX JQB va Viloyat TVBSO xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Doʼstlik mahalla hududida yashovchi X.X yashash xonadonida bir dona “SONY” rusumli televizor evaziga 1 dona yapaloq shakldagi gashish giyohvandlik moddalarini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Margʼilon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʼzgʼatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʼligʼingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech