26 Aprel 2023 yil
365
Margʻilon shahrida gashish giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Margʻilon shahar. 2023-yilning 15-aprel kuni shahar IIB JQB xodimlari Qoʻrgʻontagi koʻchasida xizmat olib borishayotgan vaqtida ushbu koʻchada ketayotgan, M.A shubxalanib yoni holislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati