5 Mart 2022 yil 412

Margʻilon shahrida fuqaroning yonidan “zahri qotil” topildi

Margʻilon shahri. 22-fevral kuni shahar IIB JQB va HPB xodimlari bilan B.Margʻiloniy koʻchasida joylashgan jome masjidi oldida xizmat olib borishayotgan vaqtida, F.M oʻzini shubhali tutganligi uchun uning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, egnidagi shimining choʻntagida qogʻoz oʻramda “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech