28 Aprel 2023 yil 367

Margʻilon shahrida kiyimining choʻntagida gashish giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs javobgarlikka tortildi

Margʻilon shahar.2023-yil 19-aprel kuni shahar IIB JQB tezkor xodimlari Doʻstlik mahallasi Qoʻrgʻontagi koʻchasida xizmat olib borishayotgan vaqtida ushbu koʻchadan kelayotgan, U.M toʻxtatilib yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, egnidagi kiyimining choʻntagida gashish giyohvandlik moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech