Margʻilon shahrida fuqaroning armaturalarni oʻgʻirlagan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Margʻilon shahri.2022-yilning 10-mart kuni D.N IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs oʻziga tegishli boʻlgan Qashqar MFY hududida turgan 4 tonna armaturalaridan 3.000.000 soʻmlik armaturalarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni B.R va M.U sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati