16 Avgust 2021 yil
375
Margʻilon shahrida fuqaroni Haj safariga joʻnatishni va’da qilib, 500 AQSH dollar pullarini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Margʻilon shahri. 2020-yilning noyabr oyida M.M. S.Z.ning ishonchiga kirib, 500 AQSH dollar pullar evaziga Haj safariga joʻnatishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati