21 Oktyabr 2021 yil 376

Margʻilon shahrida fuqaroga “Auksion” savdosidan arzon yer maydoni olib berishini aytib, aldov yoʻli bilan pullarini qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Margʻilon shahri. 18-oktabr kuni fuqaro D.N M.A.ni ishonchiga kirib, “Auksion” savdosidan arzon yer maydoni olib berishini aytib, 60.000.000 soʻm pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech