8 Sentyabr 2021 yil 386

Margʻilon shahrida fuqarodan perforator va payvandlash apparatlarini foydalanish uchun olgan shaxs qaytib bermadi

Margʻilon shahri. 05-sentabr kuni fuqaro X.R IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning aprel oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narhi 1.500.000 soʻmlik perforator va narhi 700.000 soʻmlik payvandlash apparatlarini vaqtincha foydalanib, qaytarib berishini aytib, apparatlarni olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan apparatlarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech