20 Yanvar 2022 yil 448

Margʻilon shahrida fuqarodan bir bosh otni sotib olib, kelishilgan pullarni bermay aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Margʻilon shahri. 2021-yilning 17-dekabr kuni fuqaro S.Q IIBga murojaat qilib, unda 05-dekabr kuni noma’lum shaxs Guliston MFY hududida joylashgan hayvon bozorida ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan bir bosh otini 23.500.000 soʻmga sotib olishga kelishib, oldindan 1.000.000 soʻm pullarini berib, qolgan pullarni olti kun muddat ichida berishini aytib olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan otni qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Ya.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech