14 Mart 2023 yil 487

Marg'ilon shahrida firmaning 45.000.000 so'm pullarini o'g'irlagan ayol fosh bo'ldi

Marg'ilon shahar. M.R ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yil 18 yanvar kuni nomaʻlum shaxs turmush o'rtog'i U.N.ga tegishli bo'lgan Bobir majmuasida joylashgan firmasidan 45.000.000 so'm pullarini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʻlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech