Margʻilon shahrida duradgor velosiped oʻgʻirladi
Margʻilon shahri. 17-sentabr kuni Tut-tagi MFY hududida yashovchi fuqaro T.T. IIBga murojaat qilib, unda 16-sentabr kunidan 17-sentabr kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga duradgor sifatida kelib, uy yumushlari bilan chalgʻiganidan foydalanib, xonadon hovlisida boʻlgan narxi 1.000.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.E sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati