9 Sentyabr 2021 yil 358

Margʻilon shahrida “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi uyali telefon apparatini yoʻqotib IIBga murojaat qildi

Margʻilon shahri. 02-sentabr kuni Qumtepa MFY hududida yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi M.T IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning iyul oyida noma’lum shaxs “Damas” rusumli avtomashina salonida qarovsiz qoldirilgan oʻziga tegishli narhi 1.500.000 soʻmlik “Samsung Galaxy J-2” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech