Margʻilon shahrida aldov yoʻli bilan 4.500 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Margʻilon shahri. 4-noyabr kuni fuqaro S.A IIB ga murojaat qilib, unda 2018-yilning iyul oyida noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, 4.500 AQSH dollari evaziga tanishlari orqali avtosalondan 10 dona “Damas” rusumli avtomashina chiqarib berishni aytib, pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarini extiyoji uchun sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur xolat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-kismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.B. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati