10 Iyun 2023 yil 397

Margʻilon shahrida 58 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Margʻilon shahar. 2023-yilning 01-iyun kuni shahar IIB JQB va HPB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yovqochar mahalla hududida yashovchi E.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 58 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech