Margʻilon shahrida 55 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini yetishtirayotgan shaxs qoʻlga tushdi
Margʻilon shahar.11-may kuni shahar IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Vatan mahalla hududida yashovchi Gʻ.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 55 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimligiga oʻxshash oʻsimliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati