31 Avgust 2021 yil 421

Margʻilon shahrida 22 tup “Kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi

Margʻilon shahri. 20-avgust kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, A.Navoiy koʻchasida yashovchi Q.Yu.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 22 tup “Kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.


Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech