24 May 2022 yil 409

Margʻilon shahrida 2 ta “Malibu” rusumli avtomashina olib bermoqchi boʻlga shaxs va’dasini bajarmadi

Margʻilon shahar.2020-yilning dekabr oyida I.A A.I.ning ishonchiga kirib, 2 ta “Malibu” rusumli avtomashina olib berishini aytib, 69.000 AQSH dollar pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib, pullarni oʻz ehtiyojlariga uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech