4 Iyun 2022 yil 439

Margʻilon shahrida 170 tup koʻknori yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Margʻilon shahri.2022-yilning 21-may kuni Margʻilon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Yovqochar mahalla hududida yashovchi Yu.E.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 170 tup koʻknori oʻsimligiga oʻxshash oʻsimliklarni parvarishlab kelayotganligi aniklanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech