14 Dekabr 2022 yil 426

Margʻilon shahrida talonchilik sodir qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Margʻilon shahar.2022-yilning 08-dekabr kuni A.I Baxrin MFY hududida tanishi M.F ismli ayolni urib, uni hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, unga tegishli boʻlgan “Redmi-9” rusumli telefon apparatini hamda 600.000 soʻm pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib talonchilik yoʻli bilan olib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech