29 Sentyabr 2021 yil 427

Margʻilon va Quvasoy shahrida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

28-sentabr kuni Margʻilon shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida (soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan X.N.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Quvasoy shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 227-moddasi 3-qismida (hujjatlarni nobud qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan A.F.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech