2 Iyun 2023 yil
403
Margʻilon shahrida yonida “marixuana ” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Margʻilon shahar. 2023-yilning 25-may kuni shahar IIB TQX TQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Fidoiy koʻchasida shubxali koʻringan S.N.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yonida “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati