23 May 2023 yil 374

Margʻilon shahrida yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Margʻilon shahar. 11-may kuni shahar IIB JQB tezkor xodimlari Doʻstlik mahallasida xizmat olib borishayotgan vaqtida ushbu koʻchadan kelayotgan, R.A.ning harakatlaridan shubhalanilib, uning yoni holislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, chap qoʻlida boʻlgan “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech