14 Fevral 2023 yil 537

Maʼnaviyat va maʼrifat darsi – xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishda muhim omil

Fargʻona shahar IIO FMB majlislar zalida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi oʻtkazildi.

Tadbirda, Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchisi Qahhorjon Yoʻlchiyev shox va shoir Zaxiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi munosabati bilan “Bobur – mohir sarkarda va xalqparvar podshoh” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Maʼruzachi uning sheʼr, gʻazal, ruboiy va kitoblari haqida toʻxtalib, “Boburnoma” asari haqida qimmatli maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kungi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-10-sonli qarori mazmun- mohiyati haqida ham xodimlarga atroflicha tushuncha berildi.

Shuningdek, yangi tayinlangan xodimlar shaxsiy tarkibga tanishtirildi, navbatdagi maxsus unvonlar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirdan soʻng boshqarma hovlisida saf koʻrigi oʻtkazilib, xodimlarning xizmatga shayligi koʻzdan kechirildi

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech