Ma’naviyat va ma’rifat darsi: Fidoyi xodimlar ragʻbatlantirildi
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi oʻtkazildi.
Unda dastlab buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur hayoti va harbiy faoliyati haqida ma’ruza tinglandi.
Tadbir davomida soha xodimlari oʻrtasida ijro intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, salbiy holatlarning oldini olish, xizmat samaradorligini yanada oshirish masalalalarida ham atroflicha fikr yuritildi. Tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, namunali xizmat olib borayotgan xodimlarning fidoyiligi ham rahbariyat tomonidan munosib e’tirof etildi.
Bir guruh xodimlarga Ichki ishlar vazirligining “Benuqon xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni, navbatdagi maxsus unvonlar, pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati