13 Aprel 2022 yil 487

Ma’muriy bayonnoma tuzmaslik va javobgarlikka tortmaslik evaziga 500.000 ming soʻm pora taklif qilgan shaxs javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 12-aprel kuni, Fargʻona viloyati Transport boshqarmasi boʻlim inspektori E.X Ichki iishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, unda fuqaro J.S “Сobalt” avtomashinasida litsenziyasiz faoliyat koʻrsatib kelayotganligi holati boʻyicha aniqlangan huquqbuzarlik holati yuzasidan ma’muriy bayonnoma tuzmaslik va javobgarlikka tortmaslik evaziga 500.000 soʻm miqdordagi pullarni pora tariqasida taklif qilganligini bildirgan.

Mazkur ariza yuzasidan, shu kunning oʻzida Fargʻona viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, IJQKB Departamentining Qoʻqon shahar boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro J.S Qoʻqon shahar Navbahor koʻchasida E.X.ga 500.000 soʻm miqdordagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir qatnashchilari tomonidan ushlangan.

Hozirda, mazkur holat boʻyicha tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech