Maktab bitiruvchilariga O'zbekiston Respublikasi ID kartalari topshirildi
Fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o'rgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, Qo'shtepa tumanidagi 1-IDUM hovlisida ommaviy qabullar o'tkazildi.
Sayyor qabulda Qo'shtepa, Yozyovon, Oltiariq, Toshloq, Quva tumanlari va Marg'ilon shahridan kelgan fuqarolar tomonidan ijtimoiy hayotning barcha sohalari bo'yicha qilingan murojaatlarni hal etish choralari ko'rildi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan qilingan bir qator murojaatlar sayyor qabulning o'zida ijobiy hal etildi.
Bugun bo'lib o'tgan sayyor qabul davomida qo'shtepalik birinchi marotaba pasport olayotgan O.Raxmonova, D.Ismoilova, M.Mirzaakbarov singari 7 nafar maktab bitiruvchilariga O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vaziri o'rinbosari tomonidan O'zbekiston Respublikasi ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.