5 Mart 2024 yil 1792

O‘zbekiston tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yo‘l transport hodisalarini oldini olish borasida tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi

Tumanda o‘tkazilgan tungi tadbirlar davomida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan 13 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Olib borilgan reyd tadbiri davomida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish borasida, bemaqsad yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.Mastlik holatida bo‘lgan 3 nafar fuqarolar jamoat joyida spirtli ichimlik ichgan holda yurganliklari uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Tungi xizmat xodimlari tomonidan oshxona, savdo do‘konlari va boshqa aholi gavjum joylar berkitilib, fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Probatsiya hamda HPB xizmatlarida ma’muriy nazorat ostida turgan shaxslarni yashash xonadonlariga borib, sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilishi tekshirildi.Shu bilan birga shahar hududida yo‘l-transport xodisalarini oldini olish maqsadida tadbir davomida 15 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 4 ta transport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi. 1 nafar  mast holatda avtotransport vositasi boshqargan fuqaro aniqlanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech